Ellikqal’a tuman yoshlar yetakchilariga “Stol tennisi” jamlanmalari berildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori F. Allambergenov bugun Ellikqal’a tumaniga tashrif buyurdi. Unga tuman hokimi S. Avezov, sektor rahbarlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari hamroxlik qildilar.

Tashrif davomida Respublika prokurori tuman madaniyat markaziga bordi va sektorlar hududlaridagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, aholi, ayniqsa yoshlar orasida olimpiya sport turlari ommaviyligini oshirish maqsadida 2 sektor hududida faoliyat yuritayotgan 6 nafar yoshlar yetakchilariga stol tennisi jamlanmasi va qo‘l to‘plarini sovg‘a qildi.
