Ellikqal’a hokimi mahalla yetakchilari bilan uchrashdi
✅Ellikqal’a tuman hokimi S.Avezov tumandagi 37 ta ovul va mahallalardagi Yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda tumanimiz rahbari S.Avezov Yoshlar yetakchilarining faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha o‘zining tegishli ko‘rsatma va topshiriqlarini berdi.

Uchrashuv yakunida Guldursun ovul fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisiga yoshlar bilan ishlashda faolligi uchun uyali telefon bilan taqdirladi hamda mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun barcha yoshlar yetakchilariga 5 dona sport to‘plari berildi.
Albatta Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil qilingan Yoshlar yetakchilari mahallalarda yoshlarimizning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilinishida munosib ulushlarini qo‘shmoqdalar.
