Click to listen highlighted text!

«Yoshlar party» Beruniyda tashkillashtirildi

Beruniy tumanida yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, iste’dodlarini yuzaga chiqarishga qaratilgan va an’ana tusiga kirib borayotgan «Yoshlar party» bo’lib o’tdi. Unda gitara bilan jonli tarzda «karaoke»da ashulalar ijro qilindi.

Tadbir davomida xalqimiz sevib tinglaydigan jonli tarzda aytilgan ashulalar yoshlar tomonidan jo’r bo’lib kuylandi hamda kattayu-kichik qalbiga o’zgacha bir ruhiyat va shukh bag’ishladi.

Shuningdek, bir qator iste’dodli yoshlarni ham kashf qilgan bu tadbir har shanba kuni sayl tarzida bo’lib o’tishi tadbirga kelganlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Skip to content Click to listen highlighted text!