«Savob ishni har kim, har kuni qilish kerak»-Amudaryo yoshlari
Nuroniylarni e’zozlash, keksalarga yordam qo‘lini cho‘zish, bemor insonlar holidan xabar olish har birimizning insoniy burchimizdir!
Amudaryo tumani Ayoqchi mahallasi yoshlari tashabbusi bilan muborak Ro‘za ramazon oyida savob ishga qo‘l urildi. Ayoqchi mahallasini sahovatli tadbirkorlarini moliyaviy ko‘magi bilan mahalladagi mehrga muhtoj, nogironligi bo‘lgan, ko‘p vaqtdan buyon kasal bo‘lib yotgan nuroniy otaxonlar va onaxonlar holidan xabar olindi. Piru badavlat otaxonlar, ko‘ngli tog‘dek ko‘tarilgan onaxonlar yaxshi niyatlar ila qo‘lini duoga ochdilar.
Shuningdek, mahalla yoshlari tashabbusi bilan Ayoqchi mahallasi hududidagi Yoqub eshon bobo masjidi atrofi obodonlashtirildi.