Amudaryolik bilimdonlar «Bilim ring» da bellashishdi
26-aprel kuni Amudaryo tumani Beruniy mahallasi hududidagi Istiqlol to‘yxonasida Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi «Bilim ring» intellektual klubi tomonidan tumanimiz yoshlari uchun «Bilim ring» intellektual o‘yinining «Amudaryo tumani birinchiligi» turniri o‘tkazildi. Turnirda tuman mahallaridan iborat 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar 6 kishilik jamoa bo‘lib xususan mahallalardan 42 ta jamoalar shuningdek mahalladagi yoshlar yetakchilaridan ham ikkita jamoa qatnashdi.
O‘yin ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
“Bilim ring” intelektual oʻyini Amudaryo tumani birinchiligi natijalari quyidagicha aniqlandi:
🥇Oq oltin OFY
🥈Navoiy MFY
🥉Namuna OFY
Faxrli o‘rinlarni egallagan jamoa yoshlariga diplom hamda tashakkurnoma topshirildi.