Click to listen highlighted text!

Ellikqal’ada «yoshlar ishlari agentligi kubogi» kimga nasib etdi?

Kuni kecha Ellikqal’a tumanining barcha 37 ta mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiloyatgan fuqarolari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha «Yoshlar ishlari agentligi kubogi» musobaqasining mahalla bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar 4 ta yo‘nalish Professional erkak, Professional ayol, Havaskor erkak, Havaskor ayol bo‘yicha bellashdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘oliblar aniqlanib faol ishtirok etgan ishtirokchilar diplom taqdirlandilar va Sektor bosqichiga yo‘lanmani qo‘lga kiritishdi. Shaxmat musobaqasida 1668 nafar ishtirokchilar qamrab olindi.


Musobaqaning asosiy maqsadi – mahalla yoshlarida jismoniy tarbiya va sportga qiziqishni oshirish, jamiyatga sog’lom turmish tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, yosh iqtidorli sportchilarni tanlab olish, ularda professaional mahorat va ko’nikmalarni rivojlantirish, sport turlari bo’yich mamlakat terma jamoalariga sport zahira tayyorlash, yoshlarni sport mashg’ulotlariga uzluksiz jalb etishdan iborat.

Skip to content Click to listen highlighted text!