Beruniyda yoshlar va nuroniylar munosabati qanday?
«Qari bilganni pari bilmas»,- deydi xalqimiz. Bugun ularning hayotiy tajribalarini yoshlarga o’rgatish, ikki avlod vakillarining aloqalarini mustahkamlash, yoshlar tarbiyasida nuroniylar o’rnini oshirish bosh omilga aylanmoqda.
Shu asosda bugun Respublikamiz bo’ylab jamoatchilik asosida «Faxriylar Kengashi» lari tashkil etilmoqda. Bunday kengashlarni tashkil qilishdan maqsad nuroniylarning boy hayotiy tajribalarini yoshlarga o’rnak sifatida ko’rsatishdir.
Boshqa hududlar qatori Beruniy tumanida ham «Faxriylar Kengashi» tashkil etildi. Bu kengashga jamoatchilik asosida 10 nafar pir-u badavlat nuroniylar qabul qilindi.
Kengashning ta’sis yig’ilishida Yoshlar ishlari agentligi Beruniy tuman bo’limi boshlig’i Temur Matyakupov ham qatnashib, yoshlar siyosatida nuroniylar o’rni haqida alohida to’xtalib o’tdi va bu boradagi ko’magi uchun ularga minnatdorchilik bildirdi.
Bu kengash faoliyatida ustuvor vazifa sifatida «Bir nuroniyga o’n yosh» tamoyili olingan bo’lib, kengash a’zolari yoshlar bilan yanada yaqin aloqa o’rnatishlari uchun mahallalarga berkitildi.
Reportyor: Zafarbek Artiqbayev