DXX kubogi To’rtko’lda
To‘rtko‘l tumani «Guliston» mahallasidagi sun’iy qoplamali maydonda sportning futbol va mini futbol turi bo‘yicha «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari xavfsizligi kubogi» musobaqalari boshlandi.
Musaboqada tuman hokimi R.Shamuratov, Davlat xavfsizlik xizmati, tumandagi tegishli tashkilotlar hamda albatta barcha 37 ta mahallalardagi yoshlar sport jamoalari va yetakchilari ishtirok qilmoqdalar.
Musobaqani tuman hokimi R.Shamuratov kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda barcha jamoalarga omad tiladi. Shuningdek, tumanda yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar borasida ham qisqacha to‘xtalib o‘tdi.
Tantanali ochilish marosimda tuman madaniyat bo‘limining xushovoz xonanlari ishtirokida kuy va qo‘shiqlar hamda yoshlar tomonidan harbiy sport o‘yinlari chiqishlari namoyishi ham havola etildi. Shuningdek, stol tennisi, shaxmat-shashka bo’yicha musobaqalar ham tashkil qilindi. Qura tashlash orqali aniqlangan ketma-ketlikda o‘yin boshlandi…