Rag’bat bor joyda o’sish bor yoxud Beruniyda yetakchilar taqdirlandi
Mahallada ish boshlagan yoshlar yetakchilari bilan suhbat, ularning ish faoliyatiga doir tanqidiy va tahliliy jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan yig’ilishlar ish samaradorligini yanada oshiradi.
Beruniy tumani hokimi o’rinbosari A.Qurbaniyazov va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limi boshlig’i T.Matyakupovlar tomonidan, Yoshlar yetakchilarining ish faoliyati yuzasidan tanqidiy-tahliliy yig’ilish o’tkazildi.
Mahalladan boshlanib Respublika boqichiga qadar davom etadigan Besh bosqichli «5 tashabbus» olimpiadasiga tayyorgarlik bo’yicha tegishli tashkilotlar bilan kelishib olindi.
Shuningdek, xodimlarni jazolash emas, ularning muammolarini o’rgangan holda ijobiy hal etish choralari ko’rildi. Natijali ish ko’rsatayotgan yoshlar yetakchilari munosib taqdirlandi.