Ellikqal’a 45 yoshda, yubiley qanday nishonlandi?
Ellikqal’a tumani tashkil qiliganligining 45 yilligi, cho‘l o‘zlashtira boshlanganligining 50 yilligi munosabati bilan Ellikqal`a tumanida katta bayram tashkil qilindi.
Tadbirlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi M.Kamalov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q.Sariev, tuman hokimi S.Avezov, barcha tumanlar hokimlari Toshkent shahri va qo‘shni viloyatlardan tashrif buyurgan delegasiyalar mehmon sifatida ishtirok etdi.
Bayram tadbirida ovul va mahallalar tomonidan tashkil etilgan milliy taomlar koʼrgazmasi, tumandagi bir qator hunarmandlar tomonidan tayyorlangan gilam mahsulotlari, foto koʼrgazmalar, varraklar va sumalak sayllari oʼtkazildi.
15-dekabr kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi “Eng namunali tuman va shahar” hamda “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tgan edi. Unda “Eng namunali tuman va shahar” yo‘nalishida Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Ellikqalʼa tumani 75,6 ball bilan 1-o‘rinni egallagan. Tanlovning mutloq g‘oliblariga Prezident sovg‘asi – “Damas” avtomobili va 15 million so‘mlik kitoblar to‘plami taqdim etildi.
Shu munosabat bilan, bugun, Prezident sovg‘asi «Damas» avtomobili va 15 mln so‘mlik kitoblar jamlanmasi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Ellikqalʼa tumani bo‘limiga tantanali ravishda topshirildi.