Click to listen highlighted text!

Harbiy yoshlarga nimalar haqida tushunchalar berildi?

2022-yil 25-mart kuni Nukus shahrida DXX Chegara qoʻshinlariga qarashli 9202 harbiy qismda DXX Chegara qoʻshinlari, Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi hamkorlikda yigitlik burchini o’tayotgan askarlarga «Yoshlar Yangi Oʻzbekiston bunyodkori» shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida askarlarga yoshlarga oid davlat siyosati, o’z xizmat burchini bajarib kelayotgan yosh harbiy xizmatchilar uchun bugungi kunda yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” PQ-92-sonli Qarori mazmun mohiyati yetkazildi.

Davra suhbati davomida askarlarga qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!