Click to listen highlighted text!

Zakovatni zabt etgan Nukuslik yosh kim?

🏆 Bugun O’zbekiston yoshlar ittifoqining rasmiy telegram kanalida o’tkazilgan «Zakovat» onlayn viktorinasining 2-mavsum g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

💫 Taqdirlash marosimida «Zakovat» intellektual o’yinining muallifi va boshlovchisi Abdurasul Abdullayev final bosiqichida g’alaba qozongan 5 nafar ishtirokchiga zamonaviy smartfonlarni topshirdi.

G’oliblar safidan joy olgan ishtirokchilardan biri Shaximardan Tursinov Nukus shahri «Samanbay» MFYda istiqomat qiladi. Nukus shahri maqtanishi sifatida qaralayotgan qahramonimiz Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetini tugatib, bugungi kunda Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini o’rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy tadqiqot instituti ikkinchi mutaxassislik bo’yicha tahsil olmoqda.

Skip to content Click to listen highlighted text!