Click to listen highlighted text!

Beruniylik yetakchi nimadan qo’shimcha daromad qilmoqda?

 

📌Uy sharoitida issiqxona tashkil qilib, undan foyda olayotgan fuqarolar Beruniy tumanida ko’pchilikni tashkil qiladi. Agroponika usulida tashkil etilgan tomorqadagi issiqxona bir oilani mo’may daromadli qiladi.

📌Bu borada Amir Temur mahallasida yoshlar yetakchisi bo’lib ish faoliyatini boshlagan To’liboy Quchqarov o’z tomorqasida issiqxona tashkil etib, mahalla yoshlariga o’rnak bo’ldi.

🍀15 turdan ortiq gul navlari, poliz ekinlari ko’chatlarini ekib, oilaviy tadbirkorlikni yo’lga qo’ygan. Ish orasida bu ham hobby hisoblanadi. Inson bir narsa bilan chegaralanmasligi kerak. Mehnat odamga zavq bag’ishlaydi deb, ishidan ko’ngli to’qligini bildirdi.

🔻Keyingi yil yanada katta issiqxona tashkil qilib, ishimni kengaytirishni o’z oldimga maqsad qildim.

🔻Mahallamdagi yoshga issiqxonaning foydasini aytishdan, gapirishdan oldin buni o’zimda sinab ko’rishni istadim va men ertaga buni bemalol targ’ib qila olaman. Yiliga 2,3 marotaba hosil olib, oilani tebratsa bo’ladi.

🔻Yoshlarning bunday qarashlari oramizda zamon bilan hamnafas, ishbilarmon doira vakillarining ko’payganidan darak beradi.

Skip to content Click to listen highlighted text!