Beruniylik yoshlarga kim kerak?
Milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazishda yoshlarning o’rini beqiyos. Bu borada milliy o’yinlarning ham o’z o’rni bor.
Ayni shu maqsadda Beruniy tumani sardorlar Kengashi, tuman volontyor yoshlari tashabbusi bilan tuman Yoshlar markazi binosi oldida «Oq terakmi, ko’k terak?» o’yini o’tkazildi.
Bir-biridan chaqqon, ziyrak yoshlar o’zlari qatori yana 30 nafar yoshlarni ushbu o’yin atrofida jamladilar. O’z tarixini, o’zligini anglagan yoshlarning kelajagi ham buyuk bo’lg’usidir.
Oq terakmi, ko’k terak,
Bizdan sizga kim kerak?