Yetakchilar faoliyati yengillashdi
Mahalla va ovul fuqarolar yig’inlarida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilarining faoliyatlarida yengillik yaratish maqsadida ularga planshetlar topshirilmoqda.
Jumladan, Amudaryo tumanidagi 49 ta OFY va MFY yoshlar yetakchilariga Galaxy Tab A7 rusumli planshetlar topshirildi. Planshetlarni yetakchilarga tuman hokimi S.Yo’ldashev, tuman hokimi o’rinbosari M.Shermetov, Yoshlar ishlari agentligi Amudaryo tuman bo’limi boshlig’i S.Ismoilovlar topshirdi.