Amudaryolik 5 nafar yosh, 1 mln 350 ming so‘m bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi 30-sonli “Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Amudaryo tumani Madaniyat saroyida, joriy yilning 16-mart kuni “Mirzo Ulug’bek vorislari” tanlovi tuman bosqichi oʻtkazildi.
Tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmasi mas’ul xodimi E.Abdiganiyev, “Yoshlar Kelajagimiz” jamgʻarmasi Qoraqalpogiston Respublikasi filiali boshqarmasi boshligʻi v.v.b. T.Aimuratov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi boʻlim mudiri A.Davkarayev va Yoshlar ishlari agentligi boshligʻi S.Ismoilov hamda tanlovning saralash bosqichi (IQ test)dan muvaffaqiyatli oʻtgan 10 nafardan ortiq iste’dodli yoshlar oʻz gʻoyalari bilan qatnashdilar.
Ushbu ishtirokchilar orasidan, innovatsion gʻoyaga ega 5 nafar iste’dodli yoshlar gʻolib chiqib, keyingi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdilar.
Bundan tashqari, gʻoliblar Sertifikat va BHMning 5 baravari (1 350 000 soʻm) miqdorida mukofotlandilar.