Akademik litsey oʻquvchilari bilan “Uch avlod” uchrashuvi tashkil etildi
2022-yil 16-mart kuni Nukus shahrida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi hamda Mudofaa vazrligi huzuridagi jamoatchilik kengashi Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy boʻlinmasi bilan hamkorlikda Ichki ishlar vazirliga qarashli akademik litseyida oʻquvchi yoshlar bilan “Faxriylar oʻgiti-yoshlarga hikmat” mavzusi asosida “Uch avlod” uchrashuvi tashkil etildi
Tadbirdan koʻzlangan maqsad Yoshlarda milliy armiyamiz bilan faxrlanish, davlat xavfsizligini himoya qilish uchun masʼuliyat tuygʻularini yanada mustahkamlash, jamiyatda oʻz oʻrnini topishlarida koʻmaklashish, harbiy xizmatga boʻlgan qiziqlarini orttirish.
Tadbirga oʻquvchi yoshlar hamda yuksak natijalarni qoʻlga kiritgan harbiy xizmatchilar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mudofaa vazirligi fahriylari qatnashdi.
Tadbirda Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida oʻtkazilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilar va ularning farzandlari tomonidan qoʻlga kiritilayotgan natijalar, bugungi globallashuv jarayonida ayrim kuchlar tomonidan oʻtkazilayotgan mafkuraviy tahdidlar, axborot hurujlari, ulardan himoyalanish usullari, muhtaram yurtboshimiz tomonidan bayon etilgan, yoshlar uchun berilayotgan keng-koʻlamli imtiyozlar yuzasidan fikr yuritildi.
Soʻzga chiqqan mehmonlar, mamlakatimizda kechayotgan keng koʻlamli islohatlar, xalqimiz taraqqiyoti uchun yanada keng imkoniyatlar va munosib hayot tarzini yaratish, Oʻzbekistonda bagʻrikenglik siyosati tufayli hozirgi kunda yurtimizda yagona oila boʻlib yashayotgan millat va elat vakillariga oʻz ona tili, urf odati va qadriyatlarini rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratilayotaganini ta’kidladi.