»Yosh kitobxon». Qoraqalpog‘istonlik yana bir finalchi
Bugun »Yosh kitobxon» ko‘rik-tanlovning 20-30 yosh toifasi bo‘yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi Nukus shahri Yoshlar markazida bo’lib o’tdi.
Tanlovda:
1-o‘rin- Eshmuratov Maxmud- 153,3 ball-Qo’ng’irot tumani 14-maktab o’qituvchisi.
2-o‘rin-Eshmuratov Asqar-105 ball Nukus tumani 4-maktab o’qituvchisi
3-o‘rin-Rametullayev Inyatulla-93.3ball-Nukus shahri QDU talabasi
Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bosh mutaxasisi E.Kungratbaev ishtirokchilarni tabriklab, ularni maxsus sovg‘alar- noutbuk, planshet, telefon, kitoblar jamlanmasi, shuningdek, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirladi. Shuningdek, tadbirni tashkil etishdagi yordami uchun hakamlar hay’ati a’zolari, Davr media jamoasi, Qoraqalpog’iston Teleradiokompaniyasi va boshlovchi A.Allambergenova tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Reportyor: Zafarbek Artiqbayev