MARAFON DAVOM ETMOQDA
Xabaringiz bor joriy yilning 2-31 oktabr kunlari “Salomatlik marafoni”ga start berilgan edi.
Loyihaga hissa qo‘shish maqsadida “Salomatlik volontyorlari” tashkil etilib, ko‘ngilli yoshlar tomonidan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida turli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Volontyorlar va “Bolalar harakati” sardorlari Nukus shahrida joylashgan 31,11-sonli umumta’lim maktabi hamda 8,20-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, bolalar o‘rtasida to‘g‘ri ovqatlanish va reproduktiv salomatlik haqida interfaol tarzda o‘quv seminarini tashkil etdi.
