Click to listen highlighted text!

XUSH XABAR!

Abadanov Dauranbek «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak belgisi bilan taqdirlandi Toshkent shahri Yoshlar ijod saroyida Vatanimizning obro‘si, shuhratini yuksaltirishga va uning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etib, namuna ko‘rsatayotgan yoshlar va soha vakillarini «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Abadanov Dauranbek Japbarbergenovich «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar ishlari boshqarmasi jamoasi Dauranbek Japarbergenovichni bu yutug‘i bilan samimiy tabriklab, izi davomli bo‘lishiga tilakdoshlik bildiradi.

Skip to content Click to listen highlighted text!