“Yoshlar siyosatida amalga oshirilgan chora-tadbirlar va kelgusidagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi
Qoraqalpog’iston Respublikasi Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan “Yoshlar siyosatida amalga oshirilgan chora-tadbirlar va kelgusidagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Matbuot anjumanida respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok etdi. Tadbir avvalida ishtirokchilar kun tartibi bilan tanishtirildi hamda matbuot anjumanining asosiy maqsad va vazifalari belgilab olindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati doirasida 2025 yil davomida tizimli ishlar amalga oshirilib, qator ijobiy natijalarga erishildi.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida yoshlar siyosatida 2025 yil davomida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, yangi tashabbuslar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan amaliy ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Ma’ruzalar davomida videomateriallar namoyish etilib, soha bo‘yicha statistik ma’lumotlar ochiq va tushunarli tarzda taqdim etildi.
2026-yilning 24-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqoti o‘tkazilgan edi. Mazkur muloqotda ilgari surilgan tashabbuslar matbuot anjumanida keng muhokama qilindi va video materiallar namoyish etildi.
Matbuot anjumanining yakuniy qismida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan savollarga Agentlik mutaxassislari tomonidan to‘liq va asosli javoblar berildi. Savol-javoblar jarayonida yoshlar siyosatiga oid dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot olib borildi.

