Xo‘jaylida ishsiz yoshlarga mehnat qurollari topshirildi
Bugungi kunda yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar muntazam ravishda olib borilmoqda. Xususan, Xo‘jayli tumanida ham yoshlar bandligi masalasi alohida e’tiborda bo‘lib, ularga amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Hududdagi «Kun nuri,» «Amudaryo,» «Qumjiqin» va «Samanko‘l» mahallalaridagi ishsiz yoshlar O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashevga biriktirilgan bo‘lib, otaliqqa olingan bu yoshlarga mehnat qurollari topshirildi.
Ko‘rsatilgan yordam, kelgusida bu yoshlar o‘zini o‘zi band qilishi uchun imkoniyat bo‘lishi shubhasiz.
