Talabalar bilan «Kelajakka qadam»:
Kuni kecha Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida «Kelajakka qadam» loyihasi doirasida mutaxassislar va tadbirkorlar ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli «Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori asosida amalga oshirilayotgan tashabbuslar haqida so‘z yuritilib, universitet bitiruvchilariga nafaqat bilim, balki amaliy ish tajribasini ham berib, ularning professional hayotga muvaffaqiyatli kirib kelish imkoniyatlarini mutaxassislar tomonidan to‘liq yetkazilib, talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berib, ularga yanada motivatsiya berdi.
