Tanlov g‘oliblari aniqlandi
Barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari va texnikumlarda tahsil olayotgan 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi yoshlar o‘rtasida Nukus shahri “Yoshlar markazi”da «Hamid Olimjon va Zulfiya ijodi bugungi kunda ham qadrli” mavzusida asarlar tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi tashkil etildi.
Tanlovning shahar, tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 70 nafardan ziyod o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyati, badiiy tafakkur, milliy g‘urur va ma’naviy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan tanlovda:
1-o‘rinni Qo‘ng‘irot tumani 12-sonli maktab o‘quvchisi Diana Tag‘abergenova ;
2-o‘rinni Kegeyli tumani texnikum o‘quvchisi Qumargul Davlatyorova;
3-o‘rinni Qorao‘zak tumani 6-sonli maktab o‘quvchisi Aynura Jumamuratova egalladi.
Tanlov g‘oliblari va faol ishtirok etgan yoshlarga homiyimiz tomonidan tayyorlangan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi va har bir ishtirokchiga badiiy kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi.
