Amudaryolik Sardorbek foizsiz ssuda olib o’quv markazi ochdi
Prezidentimizning 2025-yil 14-fevraldagi qarori asosida Yoshlar ishlari agentligining “Ko‘mak” loyihasi doirasida chekka hududlarda til o‘rgatish markazi ochmoqchi bo‘lgan yoshlarga 130 mln so‘mgacha foizsiz ssuda berilmoqda.
Ushbu imkoniyatdan foydalangan Amudaryolik Sardorbek 130 mln so’m ssuda olib Amudaryo tumani “Qilichboy” mahallasida o’quv markazini tashkil etdi.
Hozirda markazda 250 nafar yoshlar xorijiy tillarni o‘rganmoqda.
Sardorbekning tashabbusi bilan kompyuter savodxonligi bo‘yicha bepul mashg‘ulotlar ham yo‘lga qo‘yildi.
