Click to listen highlighted text!

MO‘YNOQ YOSHLARI TOSHKENT VILOYATIDA

So‘ngi yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini har tomonlama rivojlantirish, aholi turmush darajasini yuksaltirish, Orolbo‘yi mintaqasida ekologik muvozanatni tiklash yo‘lida Prezidentimiz rahbarligida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonda respublika hududlarini tegishli viloyatlarga biriktirish amaliyoti o‘zining samarali natijalarini bermoqda. Joriy yilning 28-29-oktabr kunlari Moynoq tumanidan bir qator faol yoshlar Toshkent viloyatida ikki taraflama tajriba almashuvlarning guvohi bo’ldi. Tashrif davomida tadbirkorlar bilan uchrashib, ilg‘or tajribalarni o‘rgandilar, qo‘ziqorin yetishtirish loyihasini Mo‘ynoqda joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishdilar, Nurafshon, Chirchiq va Bo‘stonliqdagi muhim maskanlarga tashrif buyurdilar. Tashrif yoshlar o‘rtasida hamkorlik, do‘stlik va yangi tashabbuslarni rivojlantirishga xizmat qildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!