Qoraqalpog’istonlik yosh huquqshunoslar g’olib bo‘ldi
Yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlashda turtki bo‘lib kelayotgan «Yoshlar va qonun» tanlovining O‘zbekiston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 12 shahar va tumandan ishtirokchilar, 14-18 yosh hamda 18-30 yosh toifalari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
Tanlov yakuniga ko‘ra, 14-18 yosh toifasi bo‘yicha:
Qonliko‘l tumani «Do‘stlik» MFY jamoasi «Eng yaxshi sud jarayoni» nominatsiyasi statuetkasi bilan taqdirlandi.
Eng quvonarlisi, 18-30 yosh toifasi bo‘yicha: Kegeyli tumani «Baxtli» MFY jamoasi faxrli 1-o‘rinni olish baxtiga muyassar bo‘ldi.


