Click to listen highlighted text!

Qoraqalpog‘iston yoshlarining bandligi ta’minlanmoqda

 

Nukus shahridagi “Oq qush” majmuasida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Yarmarkada oliy ta’lim bitiruvchilari va ishsiz yoshlar ishtirok etib, Toshkent shahri hamda viloyatlardagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlaridan kelgan yoshlar o‘z ehtiyoj va qiziqishlaridan kelib chiqib munosib ish o‘rinlarini tanlab, ish beruvchilar bilan shartnomalar imzolashdi.

Bundan tashqari, tadbir doirasida O‘zbekistonning yetakchi tadbirkorlari ishtirokida “Biznes marafon” o‘tkazildi. Unda yoshlar o‘z biznes g‘oyalarini shakllantirish va tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!