Click to listen highlighted text!

📌Qo’ng’irot tumanida yozgi mavsumda bolalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkillashtirish maqsadida qanday tadbirlar tashkil etilmoqda

⚡️2022 yil 17 iyun kuni Qo’ng’irot tumanida yozgi mavsumda bolalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkillashtirish maqsadida mudofaaga ko’maklashuvchi Vatanparvar tashkiloti Qo’ng’irot tumani o’quv sport-texnika klubida Yoshlar ishlari agentligi Qo’ng’irot tuman bo’limi, Xalq ta’limi bo’limi hamkorligida o’quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tashkillashtirildi.


“Ochiq eshiklar kuni” tadbirini mudofaaga ko’maklashuvchi Vatanparvar tashkiloti Qo’ng’irot tumani o’quv sport-texnika klubi boshlig’i A.Utegenov, Qo’ng’irot tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari T.Kalmuratov, Davlat xavfsizlik xizmati Qo’ng’irot tuman bo’limi xodimi I.Madreymov va Yoshlar ishlari agentligi Qo’ng’irot tuman bo’limi boshlig’i T.Kazaxbaevlar ochib berdi. Tadbir davomida o’quvchi yoshlar Vatanparvar tashkilotida tashkil etilgan to’garaklar faoliyati, jumladan “Raketamodel va aviamodel” to’garagi, “Havo miltig’idan o’q otish” to’garagi, “Motokross” to’garaklari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O’zbekiston Respublikasi mudofaaga ko’maklashuvchi Vatanparvar tashkiloti Qo’ng’irot tumani o’quv sport-texnika klubi boshlig’i A.Utegenov tomonidan o’quvchi yoshlarga to’garaklar faoliyati, yoshlarning to’garaklarga bepul yozilish imkoniyati va sport texnikalarining imkoniyatlari to’g’risida keng tushuncha berildi. O’quvchi yoshlar vatanparvar tashkilotida tashkil etilgan haydovchilik kurslari faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!