“Besh tashabbus olimpiadasi”ning Amudaryo tuman bosqichi g‘oliblari munosib taqdirlandi
4-iyun kuni Amudaryo tumanining Do‘stlik mahallasi hududidagi 2-sonli Bolalar-o‘smirlar sport maktabi o‘yingohida “Besh muhim tashabbus olimpiadasi”ning Amudaryo tuman bosqichi yakunlanishi munosabati bilan tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yo‘ldashev, sektorlar rahbarlari, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari, hokim o‘rinbosarlari hamda musobaqalarda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan shijoatli yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirni tuman hokimi Sultonboy Yo‘ldashev ochib berdi va barcha yoshlarni “Besh tashabbus olimpiadasi” ning mahalla, sektor hamda tuman bosqichlarida muvaffaqiyatli qatnashib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgani bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, 17 ta yo‘nalishda o‘tkazilgan bellashuvlar, tanlovlar va musobaqalar yuqori saviyada tashkil qilinib, unda 27 ming dan ortiq yoshlar faol ishtirok etishganini e’tirof etib o‘tdi.
Shundan so‘ng, “Besh tashabbus olimpiadasi” ning Amudaryo tuman bosqichida faol qatnashib, sport va ma’naviy-ma’rifiy tanlovlarida faxrli 1-2-3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan va faol qatnashgan yoshlarni taqdirlash jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Reportyor: Barno Jalgasbaeva
