Click to listen highlighted text!

«Sharaf» lentalari Amudaryoliklar ko‘ksida

30-aprel kuni Yoshlar ittifoqi Amudaryo tuman kengashi sardorlari hamda volontyor yoshlari 9-may Xotira va qadrlash munosabati bilan muborak ro‘zaiy ramazon oyida «Sharaf» lentalari tarqatildi. Mang‘it shahrining «Mega mang‘it» savdo markazi oldida tuman Madaniyat markazi xodimlariga, shuningdek shahar ko‘chalarida aholiga sharaf lentalari ulashildi.


Shuningdek, Do‘stlik mahallasi hududidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabining sport maydonchasida, Futbol va Mini futbol bo‘yicha «O‘zbekiston Respublikasi DXX raisi kubogi» Amudaryo tuman bosqichida faxrli 1-2-3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan mahallalar jamoalarini taqdirlash marosimida ham volontyor yoshlar tuman hokimi va sektorlar rahbarlariga, yig‘ilgan tomoshabinlarga va musobaqa g‘oliblariga ham «sharaf» lentalarini taqishdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!