Ellikqal’ada «Zukko kitobxon»lar aniqlandi
⚡️Bugun Ellikqal’a tumanida «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida «Zukko kitobxon» intellektual o’yinining mahalla bosqichi o’tkazildi.
📚 Bugun mahallalardagi har bir koʻchalardan shakllantirilgan jamoalar oʻrtasida «Zukko kitobxon» intellektual o’yinining mahalla bosqichi o’tkazildi. Yoshlarni Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy-maʼnaviy merosimizga hurmat va sadoqatli qilib tarbiyalash, dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, ijodiy salohiyatini oshirish, maʼnaviy barkamol shaxs boʻlib voyaga yetishlarida koʻmaklashish, iqtidorli, ijodkor yoshlarni ragʻbatlantirish, ularning oʻz aql-zakovatini namoyon etishiga koʻmaklashish, kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda eng faol ishtirok etgan jamoalar tuman bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.