Beruniyda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida madaniy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida madaniy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi
Maktab ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar – jamiyatimizning barcha qatlamlari, har bir oilaning kelajagi bilan chambarchas bog’liq.
Bugungi kunda sifatli ta’lim tizimi, zamon talablariga javob beradigan va barcha shart-sharoitlarga ega maktablar, ularda malakali pedagog-kadrlar bilan ta’minlash asosiy vazifalarimizdan sanaladi.
Yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan festivallar respublikamiz bo’ylab keng tarzda o’tkazilayotganiga guvohmiz.
Bugun Beruniy tumani XTB ga qarashli 48-sonli Davlat ixtisoslashgan umumiy o’rta ta’lim maktabida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida “Yoshlar festivali” va sport turnirlari bo’lib o’tdi.
Zakovat, kitob mutolaasi, mushoira kechalari, rassomchilik, sportning shaxmat-shashka, armresling, arqon tortish, mini futbol turlaridan musobaqalar tashkil etildi. Qo’l mexnati asosida ishlangan turli buyumlar, o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazayotganidan darak beradi.
Iqtidorli o’quvchilarni aniqlash, kuchli, bilimli o’quvchilarni sinovdan o’tkazish maqsadida barcha fanlardan joriy yilning 20-aprel – 10-may kunlari tuman birinchiligi uchun fan olimpiadalari va intellektual o’yinlar tashkil qilinmoqda.
«Besh tashabbus olimpiadasi» asosida Sarkop OFY 48-umumiy o’rta ta’lim maktabida Zukko kitobxon,Zakovat,Shahmat turniri,Stol tennisi,kibersport ,mushoira,valebool, fudbol ,armlesting.kamondan o’q otish arqon tortish,rassomchilik ko’rgazmalari o’tkazilmoqda.
Reportyor: Zafarbek Artiqbayev