SamVMI Nukus fillialida seminar-trening
Davlatimiz rahbari raisligida joriy yil 4 mart kuni oliy o’quv yurtlari talabalari bandligini ta’minlash bo’yicha ustuvor vazifalarga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 mart sanasidagi 105-son buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filialining majlislar zalida talaba-yoshlarning bandligini ta’minlash hamda ularga tadbirkorlik faoliyati bo’yicha keng tushunchalarni berish maqsadida «Biznes start» motivatsion trening tashkil etildi. Ushbu tadbirda »Yoshlar-kelajagimiz» jamg’armasi Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’limi bosh mutaxassisi G.Redjepova, «Biznes klub» to’garagi trenerlari, xalqaro grant sohiblari A.Xalmuratova va G.Xojanova, filial professor-o’qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Trening davomida mutaxassislar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini qanday yo’lga qo’yish, biznes g’oyalarni shakllantirish hamda biznes reja tuzish borasida talaba-yoshlarga keng tushuncha berildi. Shuningdek, bugungi kunda oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning bandligini ta’minlash va ularning qo’shimcha daromadga ega bo’lishlari uchun keng imkoniyatlar taqdim etilayotganligiga alohida urg’u berib o’tildi. Tashrif buyurgan mehmonlar o’zlari erishgan natijalari borasida so’zlar ekan, muvaffaqiyatlarga erishish sirlarini talabalar bilan bo’lishdi. Mamlakatimizda yoshlarning biznes g’oyalarini ilgari surishi uchun hamma sharoitlar mavjud ekanligi, ulardan faqat astoyidil harak qilish talab etilishi ta’kidlab o’tildi. Filial talaba-yoshlari trening davomida o’zlarida ijobiy fikrlarni shakllantirdi va yaxshigina motivatsiyaga ega bo’lishdi.