Click to listen highlighted text!

Toʻrtkoʻl tumani yoshlar va yosh oilalarning murojaatlari ijobiy hal qilinmoqda

Guliston» mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi yosh oila tikuvchilik bilan shugʻullanish uchun yordam soʼradi. Yosh oila kredit asosida 2 ta tikuv mashinasi olish evaziga kamida 2 nafar mahalla yoshlari bandligini taʼminlay olishini aytdi. Hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchisi tomonidan kreditga 2 ta tikuv mashinasi olib berildi.
Toʼrtkol tuman “Guliston” mahalla fuqarolar yigini yoshlar yetakchisi tomonidan oʻtkazilgan xatlov jarayonida «Choʻlquvar» koʻchasi 2-uyda yashovchi “Yoshlar daftari” ga kiritilgan 1998-yilda tugʻilgan Abdullayev Usmon Ataulla oʻgʻli oʻz uyida temirni qayta ishlash, temirlarni payvandlash va u orqali oilasiga moddiy jihatdan koʻmaklashish va oʻzini oʻzi ish bilan taʼminlash maqsadida payvandlash jihozini subsidiya orqali olib berishni so`rab murojaat qildi. Abdullayev Usmonning murojaati ijobiy hal qilinib unga payvandlash uskunasi berildi.

Fuqarolar murojaatlari oʻrganilmoqda va iloji boricha amaliy yordam koʻrsatilmoqda.

Skip to content Click to listen highlighted text!