Click to listen highlighted text!

Nukusda yetakchilar yoshlarni band qilish bilan band

Mahallalardagi yoshlar yetakchilari tashabbusi, hokim yordamchilari bilan hamkorlikda qator yoshlarning o’z-o’zini band qilish dasturi asosida qator yordamlar berilmoqda.

Jumladan, Nukus shahrida ham sektorlar kesimida yoshlarning bandligini ta’minlashga amaliy yordam berilmoqda.

1-sektor: «Nauqanbag'» MFYda yashovchi fuqaro A.Qidirniyazovaga yetakchi B.Babaniyazov va hokim yordamchisi A.Allaniyzov tashabbusi bilan pishiriqlar tayyortlashda kerak bo’luvchi uskunalarni xarid qilishi uchun 9 mln imtiyozli kredit olib berild.

2-sektor: «Shig’is» MFY da yashovchi fuqaro Yusupov Salamatga yoshlar yetakchisi G.Turejanova va hokim yordamchisi B.Kipchakbayevlar yordami bilan 27 mln yengillatilgan kredit asosida parrandachilik bilan shug’ullanishni yo’lga qo’ydi.

3-sektor: «Nur» MFYda yashovchi fuqaro Islam Karimovga yetakchi K.Kamalov va hokim yordamchisi A.Kamalovlar tashabbusi bilan konditer mahsuloti ishlab chiqarish uchun 33 mln imtiyozli kredit olib berildi.

4-sektor: «Anasay» MFYda yashovchi fuqaro A.Palimbetovga yetakchi D.Shinnazarova va hokim yordamchisi A.Rzamuratovlar tomonidan oilaviy tikuvchilik sexi foliyatini boshlashga yordam berish maqsadida amaliy yordam ko’rsatilib, 32 mln yengillashtirilgan kredit olib berildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!