Click to listen highlighted text!

5 nafar yosh 1 mln 350 ming so’mlik mukofotga ega bo’ldi, qanday qilib ekanligini beruniylik yoshlar gapiradi

Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ularni ilmiy-texnik faoliyatga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarning, jumladan, olis hududlarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlarning bilim, ko’nikma va malakasini oshirish, innovatsion g’oyalarni amaliyotga tadbiq etish hamda hayotda o’z o’rnini topishga ko’maklashish ga qaratilgan ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida «Mirzo Ulug’bek vorislari» tanlovi joriy etilgan.

Tuman va shaharlarda tanlovning hududiy bosqichlari qizg’in davom etmoqda. Jumladan, Beruniy tumanidagi Yoshlar markazida ham tanlovning tuman bosqichi bo’lib o’tdi.

30 nafarga yaqin yoshlar onlayn va oflayn shaklda ishtirok etgan tanlov ikkita shart asosida bo’lib o’tdi. 1-shartda ishtirokchilar IQ testida o’z bilimlarini sinadi. Ushbu turda 110 balldan ortiq natijani qayd etgan ishtirokchilar o’z g’oyalarini taqdimot qilib berishdi.

Tumandan uzoq hududda ta’lim olayotgan yoshlarning taklif va istaklaridan kelib chiqqan holda, ularga yengillik yaratish maqsadida bu bosqich onlayn shaklda ham o’tkazildi.

Tanlovda o’zining bilimi, idroki, faolligini manoyon eta olgan 5 nafar ishtirokchi 1 mln 350 ming so’m pul mukofoti bilan taqdirlanib, tanlovning Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

 

Reportyor: Zafarbek Artiqbayev

Skip to content Click to listen highlighted text!