Beruniyda «Hokim kubogi» egalarini «topdi»
9-fevral kuni Beruniy tumani «Maxtumquli» OFY da yoshlar o’rtasida sportning «Minifutbol» turidan o’tkazilgan musobaqada g’olib bo’lgan jamoalar taqdirlandi. O’yin yakuniga ko’ra g’olib jamolarga maxsus sovg’a hamda 1-o’rin sohiblariga kubog topshirildi.
1-o’rinni Toza nur-1 jamoasi
2-o’rinni Tosh kuchasi jamoasi
3-o’rinni Toza nur-2 jamoasi; egalladi.
Sportchilarni taqdirlashda tuman hokimining o’rinbosari A.Qurbaniyazov, «Maxtumquli» OFY yoshlar yetakchisi M.Durdieva, tuman Turizm va sport bo’limi boshlig’i E.Dosbaev, tuman Yoshlar ishlari agentligi rahbari T.Matyakupovlar ishtirok etib, g’oliblarga medal va sovg’alarni topshirdi. Faxrli birinchi o’rinni egallagan «Toza nur-1» jamoasiga ramziy kubog topshirildi.
Reportyor: Zafarbek Artiqbayev