To‘rtko‘l hokimi yoshlar bilan uchrashdi
To‘rtko‘l tumani 1-sektor hududi hisoblangan »Sho‘raxon» OFY hududida tuman hokimi R.Shamuratov, qator mutasaddilar va yoshlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar tomonidan tuman hokimiga mashina yuvish xizmati, parrandachilik faoliyatlarini kengaytirish uchun imtiyozli kredit, dehqonchilik qilish uchun yer ajratish, subsidiya masalalarida qator murojaatlar qilindi.
Muddat talab qilmaydigan murojaatlar shu joyning o‘zida hal qilingan bo‘lsa, ayrim murojaatlarga muddat belgilandi.
Shuningdek, yoshlarga zarur tavsiyalar va huquqiy maslahatlar berib o‘tildi.
Reportyor: Zafarbek Artiqbayev