Yoshlar murojaatlariga yechim topildi
Yoshlar muammolarini o‘rganish, ularga yechim topish bugun yoshlar siyosatining ustuvor yo‘nalishidir.
Shu borada olib borilayotgan amaliy ishlar doirasida To‘rtko‘l tumani 3-sektor rahbari Zaitov Ziyovuddin tumanning Navoiy va Bog‘yop MFYlarida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda yoshlarning murojaatlari tinglandi, muammolari o‘rganildi. Aksariyat muammolar shu joyning o‘zida hal qilindi.