Click to listen highlighted text!

Jinoyatchiliklarga qarshi kurashlar davom etmoqda

Yoshlar o’rtasida jinoyatchilikning oldini olish, Ichki ishlar organlarida hisobda turuvchi yoshlar bilan yaqindan aloqa o’rnatish orqali ularni to’g’ri yo’lga boshlash maqsadida hududlarda turli tadbirlar o’tkazilib kelinayotgani hech birimizga sir emas.

 

Xuddi shunday tadbirlardan biri Amudaryo tumani ichki ishlar bo’limi majlislar zalida bo’lib o’tdi. Ushbu uchrashuvda Probatsiya hisobda turuvchi 39 nafar yoshlar, IIB boshlig’i o’rinbosari M.Rahmatullayev, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limi bosh mutaxassisi S.Quraboyev, tuman XDP raisi D.Rahimovlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq muloqot qilinib, ularni qiynayotgan muammolar o’rganildi. Shuningdek, yoshlar siyosatidagi qonunchilik yangiliklari, huquqiy normalar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!