Ayni damda Qoraqalpog‘istonda mahalla yoshlar yetakchilarini o‘qitish, bilim va tajribalarini yanada takomillashtirish maqsadida Nukus shahar yoshlar markazida Nukus shahri, Amudaryo, Taxiatosh va Xo‘jayli tumanining 162 nafar yetakchisi uchun seminar bo’lib o’tmoqda
O‘zbekiston yoshlar yetakchilarini qo‘llab-quvvatlash markazi o‘quvlarni tashkil etish bo‘yicha koordinatori Askarov Muhammadqodirjon, trenerlar Shamiyeva Lobar va Komilova Malikalar seminar-treningni kreativ metodlar bilan o‘tkazmoqda.