Click to listen highlighted text!

Qoraqalpog‘istonda salomatlik marafoni va sog‘liq texnoxakatoni boshlandi

Joriy yil 2–31-oktyabr kunlari respublikada ilk bor “Salomatlik marafoni” o‘tkazilmoqda. Tibbiyot instituti klinikasi, 3 ta jamoat maskani va 12 ta poliklinikada “Salomatlik maydonchalari” faoliyat boshladi. Maqsad — 96,7 ming aholining profilaktik ko‘rikdan o‘tishini ta’minlash. Shuningdek, Nukusda “HealthTech Hackathon” start oldi. IT mutaxassislari, tibbiyot talabalari va yosh shifokorlar ishtirokida 300 nafardan ortiq yosh sog‘liqni saqlash sohasiga raqamli yechimlar ishlab chiqmoqda.

Skip to content Click to listen highlighted text!