Click to listen highlighted text!

To‘rtko‘l tumanida yoshlar bilan ishlash samaradorligi ortmoqda

Keshiresiz, bul tekst tek O’zbekcha tilinde bar. Для вашего удобства, содержание ниже показано на доступном языке. Вы можете нажать на ссылку, чтобы изменить язык всего сайта.

Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i P.Maxsetbayev To‘rtko‘l tumaniga tashrif buyurib, yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Dastlab, P.Maxsetbayev tumandagi maktab direktorlari bilan uchrashib, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, “Bolalar harakati” sardorlar saylovini samarali tashkil etish bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi. Tashrif davomida yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar ham o‘rganildi. Jumladan: PQ-62-sonli qaror asosida imtiyozli kredit olib, chorvachilikni yo‘lga qo‘ygan Gulxayo Saburova va milliy liboslar tikuv sexini tashkil etgan Muhayo Kamalova faoliyati bilan tanishildi. PQ-153-sonli qaror asosida dehqonchilik uchun yer olib, daromadga kirayotgan bir guruh yoshlarning tomorqasi ko‘zdan kechirildi. PQ-1-sonli qaror ijrosi doirasida “Shodlik”, “Uluqbog‘” va “Nurli yo‘l” mahallalarida faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari ish jarayonlari o‘rganildi. Shundan so‘ng yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i P.Maxsetbayevning sayyor qabuli hamda Aloqa bank, Agrobank, Xalq banki, O‘zmilliybank va Mikrokreditbank vakillarining ishtirokida yoshlar uchun imtiyozli kredit masalalariga oid tushuntirishlar berildi. Bu jarayon Prezidentning 2025 yil 14 fevraldagi PQ-60, PQ-61 va PQ-62-sonli qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida o‘tkazildi. Bundan tashqari, uyushmagan va faol yoshlar bilan uchrashuv ham tashkil etildi. Uchrashuvda “Ibrat farzandlari”, “Mutolaa”, “Qizlar akademiyasi”, “Uzchess”, “Ustoz AI” va “YONIDA” platformalarining taqdimoti va targ‘iboti bo‘lib o‘tdi. Yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yoshlarning taklif va tashabbuslari muhokama qilindi. Mazkur tashrif davomida yoshlarning tashabbuskorligi, ijodkorligi va ularning jamiyatdagi o‘rni yanada mustahkamlanayotgani ko‘rinib turdi. To‘rtko‘l tumanida yoshlarga oid davlat siyosati amalda izchil tatbiq etilmoqda va 2025 yilda bu yo‘nalishdagi ishlar yanada kengaytirilishi belgilab olindi.

Skip to content Click to listen highlighted text!