Click to listen highlighted text!

GLOBAL JASLAR FESTIVALÍ 2-KÚN

Dúnyanıń 11 mámleketinen Qaraqalpaqstanǵa kelgen jaslar delegaciyaları festivaldıń 2-kúninde Moynaq rayonına bardı hám Nókis qalasındaǵı “Aq qus” kompleksinde óz-ara tańlawlarda bellesti.
🔸Atap aytqanda, “Green Spark” startaplar tańlawı hám “Jaslar hám klimat” xalıqaralıq tańlawlarında jaslar ekologiyalıq platformalar, túrli ósimlikler egiw, kreativ sanlı oyınlar hám innovaciyaları menen belsendilik kórsetip, qızǵın tárizde bellesti.

🔻”Jaslar hám Aral teńizin saqlaw” ekologiyalıq joybarlar hám sanlı baslamalar jalpı májilisi dúnya jasların Ózbekstanda birlestirip, olar arasında doslıq baylanısların bekkemlew hám birge islesiw baylanısların ornatıw, sonday-aq, búgingi kúnde áhmiyetli bolǵan baǵdarlar boyınsha erkin pikirlesiw, regionallıq sociallıq mashqalalardı birgelikte dodalaw ushın úlken maydan jaratıp berdi. Sonday-aq, sırt elli hám jergilikli jaslar birgelikte klimat máseleleri menen baylanıslı mashqalalardı sheshiw processlerin ilimiy hám ámeliy jaqtan úyreniw imkaniyatı jaratıldı.

🔹Qatnasıwshılar Moynaqtaǵı Ekologiya muzeyine sayaxat etti. Sonday-aq, “Kemeler qoyımshılıǵı” hám aymaqtaǵı jaslar tárepinen egilgen seksewil atızları menen tanıstırıldı.

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹

💠GLOBAL YOSHLAR FESTIVALI 2-KUN

🔸Dunyoning 11 mamlakatidan Qoraqalpog‘istonga kelgan yoshlar delegatsiyalari festivalning 2-kunida Mo‘ynoq tumaniga bordi va Nukus shahridagi “Oq qush” majmuasida o‘zaro tanlovlarda bellashdi.
🔸Xususan, “Green Spark” startaplar tanlovi va “Yoshlar va iqlim” xalqaro tanlovlarida yoshlar ekologik platformalar, turli o‘simliklar ekish, kreativ raqamli o‘yinlar va innovatsiyalari bilan faollik ko‘rsatib, qizg‘in tarzda bellashdi.

🔹”Yoshlar va Orol dengizini asrash” ekologik loyihalar va raqamli tashabbuslar yalpi majlisi dunyo yoshlarini O‘zbekistonda birlashtirib, ular o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlash va hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, shuningdek, bugungi kunda dolzarb bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha erkin muloqot, mintaqaviy ijtimoiy muammolarni birgalikda muhokama qilish uchun katta maydon yaratdi. Shuningdek, xorijiy va mahalliy yoshlar birgalikda iqlim masalalari bilan bog‘liq muammolarni hal etish jarayonlarini ilmiy va amaliy jihatdan o‘rganish imkoniyati yaratildi.

🔸Ishtirokchilar Mo‘ynoqdagi Ekologiya muzeyiga sayohat qildi. Shuningdek, “Kemalar qabristoni” va hududdagi yoshlar tomonidan ekilgan saksovulzorlar bilan tanishtirildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!