Click to listen highlighted text!

Beruniyda “Yoshlar party” an’anasiga asos solindi(mi?)

Beruniyda “Yoshlar party” an’anasiga asos solindi(mi?)

Yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularga madaniy hordiq ulashish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi Beruniy tumani bo’limi tomonidan muntazam ravishda “Yoshlar party”lari tashkil etilmoqda.

Yosh san’atkorlar ishtirokida tuman markazida tashkil etilgan bunday madaniy tadbirlar tumandagi mahallalarda ham davom ettirilmoqda. Jumladan,” Nayman” MFY “Biybozor” OFY, “Maxtumquli” OFYlarda mahallalardagi iste’dodli yoshlar o’z iqtidorlarini namoyon etib, o’z mahalladoshlariga yuqori kayfuyat ulashmoqda.

Shuni ham ta’kidlash joizki, ushbu tadbirlarda “Karaoke time”lar va gitara hamohangligidagi diltortar taronalar yoshlarning bunday loyihalarga bo’lgan ishtiyoqini oshirmoqda.

“Dastlab, bu loyiha tashkil etilganida, tuman markazidagina o’tkazilgan bo’lsa, bugun yetakchilarimiz o’z faolligini namoyon etib, bunday tadbirlarni o’z mahallalarida ham davom ettirmoqda”, – deydi Yoshlar ishlari agentligi Beruniy tuman bo’limi boshlig’i T.Matyakupov.

Skip to content Click to listen highlighted text!