“Zukko kitobxon” tanlovi Amudaryoda
25-aprel kuni Amudaryo tumani mahallalarda jumladan 49 ta mahallada “Zukko kitobxon” intelektual oʻyini 16-30 yosh toifasida “Mahalla bosqichi” o‘tkazildi. Mazkur tadbir oʻtkazilishdan maqsad mamlakatimizda yoshlar milliy qadiryatlarimizga hurmat sadoqatli qilib tarbiyalash aql-zakovatini namoyon etishga koʻmaklashish adabiyotning sara asarlariga mehr uygʻotishdan iborat.
Turnirda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan yoshlar, 6 nafar ishtirokchidan iborat jamoalar qatnashishdi. Tanlov ekspert va hakamlar xay’ati a’zolari bilan tasdiqlangan savollar va kitoblar boʻyicha boʻlib oʻtdi. Tanlovning “Tuman bosqichiga” Umumiy tumanimizning 49 mahallasidan 250 ga yaqin jamoalar qatnashishdi. Mahalla bosqichida faol qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallagan 1 ta jamoa sektor bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.