Beruniylik yoshlar “Yashil yillikka” ulush qo’shdi
“Yashil yillik” loyihasida yoshlar faolligi
Beruniy tumani yoshlari xayrli tashabbusni boshladi.
Tuman hokimining o’rinbosari A.Qurbaniyazov, Yoshlar ishlari agentligi Beruniy tuman bo’limi boshlig’i T.Matyakupov hamda tashabbuskor yoshlar yetakchilari Beruniy OFY hamda Mustaqillik MFY yoshlari bilan birgalikda, Beruniy OFY Biybazar aholi manzilida yashovchi fuqaroning hovlisida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish aksiyasi o’tkazdi.
📌Mazkur loyihada 150 dan ortiq mevali daraxtlar ekildi.
“Bir martalik moddiy ko’makdan ko’ra, ertasi bor, kelajakda ham foydasi tegadigan yaxshilik qilish foydali” deb óylagan yoshlar óz tashabbuslarini nuroniylarga kómak berishdan boshladi.