Beruniyda ommaviy sport yanada kuchayadi
Beruniy tumanidagi mahalla yoshlari o’rtasida ommaviy sport musobakalarini tashkil etish va o’tkazilishini ta’minlash bo’yicha tuman xokimi o’rinbosari A.Kurbaniyazov boshchiligida yig’ilish bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda tuman Turizm va sport bo’limi boshlig’i E.Dosbayev, tuman Xalq ta’limi bo’limi boshlig’i A.Xudaybernenov, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limi boshlig’i T.Mayakupov hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari, sport trenerlari xamda tumandagi maktablarning ma’naviyat ishlari buyicha direktor o’rinbosarlari qatnashdilar.
Yigilishda tumandagi 7 yoshdan 30 yoshgacha bulgan yoshlar o’rtasida ommaviy sport musobaqalarini 10 aprel kunidan boshlash hamda shu bo’yicha ishlarni tashkil qilish kun tarbidagi masala bo’ldi.