Toʻrtkoʻl tumani yoshlar va yosh oilalarning murojaatlari ijobiy hal qilinmoqda
Guliston” mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi yosh oila tikuvchilik bilan shugʻullanish uchun yordam soʼradi. Yosh oila kredit asosida 2 ta tikuv mashinasi olish evaziga kamida 2 nafar mahalla yoshlari bandligini taʼminlay olishini aytdi. Hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchisi tomonidan kreditga 2 ta tikuv mashinasi olib berildi.
Toʼrtkol tuman “Guliston” mahalla fuqarolar yigini yoshlar yetakchisi tomonidan oʻtkazilgan xatlov jarayonida “Choʻlquvar” koʻchasi 2-uyda yashovchi “Yoshlar daftari” ga kiritilgan 1998-yilda tugʻilgan Abdullayev Usmon Ataulla oʻgʻli oʻz uyida temirni qayta ishlash, temirlarni payvandlash va u orqali oilasiga moddiy jihatdan koʻmaklashish va oʻzini oʻzi ish bilan taʼminlash maqsadida payvandlash jihozini subsidiya orqali olib berishni so`rab murojaat qildi. Abdullayev Usmonning murojaati ijobiy hal qilinib unga payvandlash uskunasi berildi.
Fuqarolar murojaatlari oʻrganilmoqda va iloji boricha amaliy yordam koʻrsatilmoqda.